Qanday yordam bera olamiz?
O'rnatish
Windows'ga qanday o'rnataman?
Kabinetga kiring va "Skachat" tugmasini bosing (faol litsenziya kerak). Morphix-Motion-Windows-Setup.exe ni ishga tushiring. Agar "Windows protected your PC" chiqsa, More info → Run anyway bosing (o'rnatgich yangi, hali raqamli imzolanmagan). Yes bosing, "done" xabarini kuting, so'ng After Effects'ni butunlay yopib qayta oching.
Mac'ga (yoki .zxp orqali) qanday o'rnataman?
Kabinetdan ZXP paketni yuklab oling. Bepul ZXP Installer'ni o'rnating (aescripts.com/learn/zxp-installer), uni oching va MorphixMotion.zxp ni oynasiga sudrang. O'z imzosi haqida ogohlantirsa, Install / Continue ni tanlang. Keyin After Effects'ni butunlay yoping (Cmd+Q) va qayta oching.
Panel After Effects'da qayerda?
Tepadagi menyu: Window → Extensions → Morphix Motion. Uni boshqa panellar kabi istalgan joyga biriktirishingiz mumkin.
Qaysi After Effects versiyalari va tizimlar qo'llanadi?
After Effects 2021 va yangiroq. Windows: barcha imkoniyatlar. Mac: Rough Cut, Podcast va Captions Pro'dan tashqari hammasi (ular faqat Windows'da).
Litsenziya va faollashtirish
Qanday faollashtiraman?
Panelni oching, litsenziya kodini kiriting va Activate bosing. Kodingiz kabinetda (Litsenziyalar) va xarid xatida bor.
Nechta kompyuterda ishlatsa bo'ladi?
Bitta litsenziya 2 ta kompyuterda ishlaydi. Yangi kompyuterga o'tkazish uchun Kabinet → Litsenziyalar'da eski qurilmani olib tashlang, so'ng yangisida faollashtiring.
"Litsenziya 2 ta qurilmada faollashtirilgan" xatosi
2 ta kompyuter limitiga yetgansiz. Endi ishlatmaydigan qurilmani Kabinet → Litsenziyalar → Qurilmalar'dan olib tashlang va qayta faollashtiring.
"Litsenziya faol emas" xatosi
Obuna tugasa panel qulflanmaydi: Free rejaga o'tadi, Pro/Studio funksiyalari esa kabinetdagi "Obunani boshqarish" orqali yangilaganingizdan keyin qayta ochiladi. "Litsenziya faol emas" — kod noto'g'ri, pul qaytarilgan yoki bloklangan degani: kodni tekshiring yoki qo'llab-quvvatlashga yozing. Hozirgina to'lagan bo'lsangiz, bir daqiqa kutib qayta urinib ko'ring.
Yangilanishlar
Yangilanish qanday ishlaydi?
Yangi versiya chiqqanda panel tepasida "Yangilash" tugmali banner chiqadi. Uni bosing — yangilanish bir necha soniya oladi. Yangilanish uzilib qolsa, panel avtomatik avvalgi versiyaga qaytadi.
Nima o'zgarganini qayerda ko'raman?
Yangiliklar (Changelog) sahifasida. Har yangi versiya haqida email ham olishingiz mumkin — Kabinet → Sozlamalar'da yoqing yoki o'chiring.
AI subtitrlar
Qaysi tillar qo'llanadi?
Subtitrlar o'zbek va ingliz tillari uchun yaratilgan. ElevenLabs Scribe o'zbek tiliga moslangan; Groq Whisper'da ingliz, rus, turk va arab tillari ham bor yoki gapirilgan til avtomatik aniqlanadi. Kirill yozuvidagi nutq lotin yozuvida chiqadi.
Limitlar qanday?
Pro: kuniga 30 daqiqa va oyiga 300 daqiqa transkripsiya. Studio: kuniga 60 daqiqa va oyiga 600 daqiqa. AI matn tuzatishlarining o'z kunlik va oylik limiti bor, Studio'da 2 barobar. Bepul sinov davrida transkripsiya jami 60 daqiqa bilan cheklangan. Free tarifda AI yo'q. Foydalanishni kabinetda ko'rasiz.
Uzun videoni ham transkripsiya qilsa bo'ladimi?
Ha. Uzun audio tabiiy pauzalardan avtomatik bo'laklarga bo'linib yuboriladi va to'g'ri vaqtlar bilan qayta birlashtiriladi.
O'z API kalitim kerakmi?
Yo'q. AI imkoniyatlari bizning serverlar orqali ishlaydi — hech narsa sozlash shart emas.
Muammolarni hal qilish
Panel Window → Extensions'da ko'rinmayapti
After Effects'ni butunlay (faqat loyihani emas) yopib qayta oching. Windows'da qo'lda o'rnatgan bo'lsangiz, Morphix Labs papkasi to'g'ridan-to'g'ri %APPDATA%\Adobe\CEP\extensions ichida ekanini tekshiring (ortiqcha ichki papkasiz). Panel imzolangan — debug rejimi kerak emas.
Captions Pro "Server not connected" deyapti
After Effects'ni qayta ishga tushiring — subtitr render serveri panel bilan birga ishga tushadi. Takrorlansa, kabinetdagi eng yangi Setup.exe bilan qayta o'rnating.
Transkripsiyada "Tarmoq xatosi"
Internet ulanishini tekshiring. Ba'zi tarmoqlarda serverimiz bloklangan bo'lishi mumkin — boshqa tarmoq yoki VPN bilan urinib ko'ring.
To'lov
Obunani qanday bekor qilaman yoki tarifni almashtiraman?
Kabinet → "Obunani boshqarish" Lemon Squeezy mijoz portalini ochadi: u yerda bekor qilish, tarifni almashtirish, kartani yangilash va invoice'larni yuklab olish mumkin.
Pulni qaytarib olsa bo'ladimi?
Pro va Studio'da obunaning birinchi to'loviga 30 kunlik pulni qaytarish kafolati bor — 30 kun ichida Kabinet → Yordam orqali yozing. Do'kondagi bir martalik mahsulotlar uchun pul fayl buzuq bo'lsa yoki tavsifdagidek ishlamasa qaytariladi. Pul to'liq qaytarilgach litsenziya avtomatik o'chiriladi. Batafsil: Pulni qaytarish siyosati.
Hali ham yordam kerakmi?
Kabinet → Yordam orqali yozing — javob kabinetingiz va bildirishnomalarda chiqadi. Telegram orqali ham bog'lanish mumkin.